Italiya OAVda Teo Ernandesning Apennin yarimoroliga qaytishi haqidagi gap-so'zlar yana kuchaydi. Bu haqda italiyalik taniqli jurnalist Karlo Pellegatti xabar bermoqda. Avvalroq bunday mish-mishlar kuzda ham paydo bo'lgan, futbolchining turmush o'rtog'i bildirgan ayrim ishoralar esa ularni yanada avj oldirgan edi.
Manbalarga ko'ra, fransiyalik himoyachiga Italiya «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq, ma'lum qilinishicha, ehtimoliy transfer qishda emas, yozgi transfer oynasida amalga oshishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Teo Ernandes 2019–2025 yillar davomida «Milan» sharafini himoya qilgan.