9-14 iyun kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida kamondan otish bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tadi.
Musobaqada O'zbekiston jamoasi a'zolari ham ishtirok etishadi. Mamlakat kamondan otish federatsiyasining ma'lum qilishicha, ushbu musobaqada quyidagi sportchilar yurt sharafini himoya qilishadi:
Erkaklar: Amirxon Sodiqov, Bekzod Boborajabov, Muhammadqodir Ergashev, O'tkirjon Hoshimov.
Ayollar: Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva, Malika Anvarjonova, Sabina Jo'raqulova.
O'q otish. O'zbekistonlik kamonchilar Antaliyadagi Jahon kubogida ishtirok etishadi
Boshqa sportlar
5 iyun, 11:05
Turnir 9-14 iyun kunlari bo'lib o'tadi.
Foto: Olympic uz