Ispaniya chempionatining 33-turida "Real" klubi Madridda "Alaves"ni qabul qildi.
Bellashuv 2:1 hisobida "qirollik" jamoasining g'alabasi bilan yakuniga yetdi. Gollar Kilian Mbappe va Vinisius Junior hisobiga yozildi. Mehmonlar safida esa Martines o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.
Shu tariqa, Arbeloa jamoasi ochkolari sonini 73 taga yetkazib, 2-o'rinda bormoqda. "Alaves" hisobida esa 33 ochko bor va turnir jadvalida 17-pog'onada.
La Liga. 33-tur
Real – Alaves 2:1
Gollar: Mbappe 30, Vinisius 50 - Martines 90+3
Real – Lunin, Trent (Karvahal, 63), Militao (Rüdiger, 45+2), Heysen, Karreras, Valverde, Chuameni (Kamavinga, 63), Bellinghem (Dias, 57), Guler (Mastantuono, 57), Mbappe, Vinisius.
Alaves – Sivera, Otto, Tenaglia, Parada, Yusi (Kalebe, 66), Peres, Blanko, Suares (Ibanez, 58), Guridi (Alena, 58), Boye (Diabate, 66), Martines.