«Barselona»ning uy stadioni hisoblanadigan «Kamp Nou» katta ehtimol bilan 2025/2026 yilgi mavsum o‘yinlarini qabul qila olmaydi.
Ispaniyaning AS nashri tomonidan e’lon qilingan videoda maydon chimining hali ham yotqizilmaganini ko‘rish mumkin. Bu esa ta’mirlash ishlari kutilganidan uzoq davom etishini anglatadi.
O‘yingohda 2022/2023 yilgi mavsumdan so‘ng qayta ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan edi. 2022 yilda Spotify stadionni «Spotify Kamp Nou»ga o‘zgartirdi. Sababi, kompaniya klubdan stadion nomiga egalik qilish huquqini 4 yilga 310 million dollar evaziga sotib olgan.
Avvalroq «Barselona» 10 avgust kuni «Kamp Nou»ga qaytishi ma’lum qilingandi.