Live
4
O'zbek

Jon Jones: «Chimaev og‘ir vaznda ham muvaffaqiyatli jang qila oladi»

MMA
28 noyabr, 02:25
UFC sobiq chempioni Hamzatning imkoniyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Jon Jones: «Chimaev og‘ir vaznda ham muvaffaqiyatli jang qila oladi»
Foto: ESPN

UFC sobiq chempioni Jon Jones Hamzat Chimaevning imkoniyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘ylashimcha, Chimaev hatto og‘ir vazn toifasidagi jangchilar bilan raqobatlasha oladigan darajada yirik gavdaga ega.

Ishonchim komilki, u Aleks Pereira, Magomed Ankalaev va boshqa shu kabi jangchilarga qarshi bahslarda ham o‘zini ajoyib tarzda namoyon eta oladi», — dedi Jones.

Eslatib o‘tamiz, Hamzat Chimaev professional faoliyati davomida 16 ta jang o‘tkazib, 15 bor g‘alaba qozongan va bir marta mag‘lubiyatga uchragan.

Shu yilning may oyida Chimaev Shon Striklendga qarshi kechgan bahsda hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchrab, UFC'ning o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamaridan mahrum bo‘lgandi.

Qayd etish lozim, Hamzat 2025 yilda Dricus du Plessisni mag‘lub etib, chempionlik kamariga ega chiqqandi. Shu tariqa, u kamarni ilk bor himoya qilishidayoq raqibiga yutqazib qo‘ydi.

Bugungi yangiliklar