Yevropa qit'asida 2026 yil Jahon chempionatiga chiqish uchun saralash pley-offining yarimfinallari yakunlandi.
Italiya, Shvetsiya va Daniya ishonchli g‘alabalar orqali, Polsha kambek bilan hal qiluvchi bahsga yo‘llanma oldi. Shvedlar safida Gokeresh het-trik qayd etdi. Irlandiya, Uels va Ukraina kabi jamoalar mundialga bormaydigan bo‘ldi.
Yirik hisobda yengilgan Shimoliy Makedoniya safida 64-daqiqada zaxiradan “So‘g‘diyona” hujumchisi Lyupcho Doriyev maydonga tushdi.
JCH-2026 saralashi. Yevropa
Pley-off. Yarimfinal. 26 mart
Italiya — Shimoliy Irlandiya 2:0
Gollar: Tonali (56), Ken (80).
Italiya — Donnarumma, Manchini, Bastoni (Gatti, 63), Kalafiori, Politano (Palestra, 83), Barella, Lokatelli, Tonali (Pisilli, 83), Dimarko, Ken (Raspadori, 88), Retegi (Esposito, 63).
Ukraina — Shvetsiya 1:3
Gollar: Ponomarenko (90+1) — Gokeresh (6, 51, 73 penalti).
Chexiya — Irlandiya 2:2
Penaltilar seriyasi — 4:3.
Gollar: Shik (27, penalti), Kreychiy (86) — Perrrott (19, penalti), Kovar (23, avtogol).
Polsha — Albaniya 2:1
Gollar: Levandovski (63), Zelinski (73) — Xoja (42).
Uels — Bosniya va Hersegovina 1:1
Penaltilar seriyasi — 2:4.
Gollar: Jeyms (51) — Jeko (87).
Daniya — Shimoliy Makedoniya 4:0
Gollar: Damsgor (49), Isaksen (58, 59), Nyorgor (76).
Slovakiya — Kosovo 3:4
Gollar: Valent (6), Haraslin (45), Strelets (90+3) — Xoja (21), Asslani (47), Musliya (60), Xayritsi (72).
31 mart kuni pley-off finallari bo‘lib o‘tadi va quyidagi juftliklarda g‘olib chiqqan 4 jamoa mundialga yo‘l oladi:
Bosniya va Hersegovina — Italiya
Shvetsiya — Polsha
Kosovo — Turkiya
Chexiya — Daniya