Bugun
9
O'zbek

«Istiqlol» va «Persepolis» Igor Sergeev uchun da'vogar – manba

Futbol
18 noyabr, 09:46
Uning klub bilan shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Istiqlol» va «Persepolis» Igor Sergeev uchun da'vogar – manba
Фото: ЎФА

Oʻzbekiston milliy jamoasi va «Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeev faoliyatini Eron Proligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Footballi nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, «Istiqlol» va «Persepolis» klublari oʻzbekistonlik 32 yoshli forvardga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu klublar Sergeevni oʻz safiga qoʻshib olishni maqsad qilgan.

Ma'lumot uchun, Igor Sergeev bu mavsum «Paxtakor» safida 27 ta oʻyinda maydonga tushib, 18 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchi qiymatini 1 million yevroga baholagan.

Bugungi yangiliklar