Ispaniya kubogi 1/8 finalida La Liga yetakchisi va turnirning amaldagi g‘olibi «Barselona» Segunda peshqadami «Rasing» maydoniga safar uyushtirib, Ferran Torres va Yamalning gollari evaziga g‘alaba qozondi.
Yana bir o‘yinda «Valensiya» «Burgos»ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa barcha chorakfinalchilar ma'lum bo‘ldi — «Atletiko», «Atletik», «Albasete», «Betis», «Real Sosiedad», «Alaves», «Valensiya» va «Barselona».
Ispaniya kubogi. 1/8 final. 15 yanvar
Rasing — Barselona 0:2
Gollar: Torres (66), Yamal (90+6).
Rasing — Eskieta, M.Garsiya (Visente, 72), Mantilla, Maza (Martin, 77), Aldasoro, Gomes (Lozano, 46), Gele, Gulashvili (Sangali, 60), Kamara, Urdin, Manu.
Barselona — X.Garsiya, Martin, Balde, Bernal (Fermin, 58), Kasado (E.Garsiya, 84), Kubarsi, Kunde, Yamal, Olmo (Pedri, 68), Reshford (Rafinya, 67), Torres (Levandovski, 68).
Ogohlantirishlar: M.Garsiya (29), Rodriges (71), Fermin (73), Visente (84), Sangali (89).
Burgos — Valensiya 0:2
Gollar: Rubo (10), Sodiq (50).