Bugun
215
O'zbek

Husanov va Ronaldu kubok yutishi mumkin, «Arsenal» uchun noqulay raqib. Hafta o‘yinlari anonsi

Futbol
16 may, 05:42
Tribuna.uz yakunlanayotgan haftaning uik-endlari haqida to‘xtalishga qaror qildi.
Husanov va Ronaldu kubok yutishi mumkin, «Arsenal» uchun noqulay raqib. Hafta o‘yinlari anonsi
Фото: Getty Images

Yevropa milliy birinchiliklari o‘z nihoyasiga yetmoqda. Shanba va yakshanba kunlari qator muhim bellashuvlar muxlislar diqqat markazida bo‘ladi: Shotlandiyada yangi chempion nomi aniqlanishi mumkin, Abduqodir Husanov «Siti» bilan Angliya kubogini ham klub muzeyiga olib ketish uchun «Uembli»ga boradi. Qolaversa, Ronaldu «An Nasr» bilan nihoyat sovrin yutish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Tribuna.uz yakunlanayotgan haftaning uik-endlari haqida to‘xtalishga qaror qildi.

SELTIK – HARTS (16 may, 16:30)

FK «Harts»

Shotlandiya chempionatida katta intriga yuzaga keldi: 1985 yildan beri ilk bor chempionlikni «Seltik» yoki «Reynjers» emas, boshqa jamoa qo‘lga kiritishi mumkin.

Gap shundaki, «Harts» klubi 41 yildan so‘ng Shotlandiya taxtini egallashga juda yaqin turibdi. Oxirgi marta bunday natijaga «Aberdin» jamoasi Aleks Fergyuson boshchiligida erishgan edi.

Hozirgi vaziyatda «Harts»ga chempionlikni qo‘lga kiritish uchun mehmonlarda «Seltik»ga yutqazmaslikning o‘zi kifoya. Agar shu natija qayd etilsa, Edinburg jamoasi o‘z tarixida beshinchi bor mamlakat chempioniga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Harts» so‘nggi marta 1960 yilda oltin medallarni qo‘lga kiritgan — bundan 66 yil oldin. Endi esa uzoq yillik kutishlarga chek qo‘yiladimi — asosiy savol shu.

CHELSI – MANCHESTER SITI (16 may, 19:00)

Chelsea player ratings vs Man City: Cole Palmer flounders again as Moises Caicedo & Andrey Santos errors compound Blues' day of misery | Goal.com Malaysia

Angliya Kubogi finali! Bu — ulkan tarixga ega eng qadimiy musobaqalardan biri bo‘lib, uni qo‘lga kiritish har qanday jamoa uchun sharaf va nufuz masalasidir. Ayniqsa, finalda ikki grand to‘qnash kelsa, qiziqish yanada ortadi.

Bu safargi finalda — «Chelsi» va «Manchester Siti». Qog‘ozda juda jozibali va intrigali qarama-qarshilik.

To‘g‘ri, londonliklar so‘nggi vaqtlarda raqibga qarshi omadsiz o‘ynamoqda — oxirgi 13 ta uchrashuvda birorta ham g‘alaba yo‘q. Ammo qiziq fakt: «Chelsi» «Siti»ni so‘nggi marta qachon mag‘lub etgan? 2021 yilda Chempionlar ligasi finalida! O‘sha o‘yinda londonliklar g‘alaba qozonib, Yevropaning eng nufuzli sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

Bundan tashqari, o‘sha finaldan bir oy oldin «Chelsi» Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoani Kubok yarimfinalida ham 1:0 hisobida mag‘lub etgan.

Shunday ekan, ijobiy tajriba mavjud. Ha, bugun «Chelsi» finalning yaqqol autsayderi sifatida qaralmoqda, ammo «Manchester Siti» uchun bu bahs oson kechishi kutilmayapti. Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilayotgan bahsda «shaharliklar»ga omad tilaymiz.

AN NASR – GAMBA OSAKA (16 may, 22:45)

Krishtianu Ronaldu

«An Nasr» jamoasi bir vaqtning o‘zida ikki turnirda g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega.

Saudiya Arabistoni chempionatida Jorge Jezush shogirdlarini chempionlikdan atigi bir g‘alaba ajratib turibdi. Shuningdek, jamoa OFK Chempionlar ligasi 2 finaliga ham yo‘l olgan.

Hal qiluvchi bahsda Riyod klubi Yaponiyaning «Gamba Osaka»siga qarshi maydonga tushadi.

Bu o‘yin Krishtianu Ronaldu uchun ham alohida ahamiyatga ega. Portugaliyalik yulduz Saudiyadagi faoliyati davomida ilk yirik trofeyini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.

Qiziq jihati shundaki, Ronaldu ushbu turnirda hozirgacha 10 o‘yindan faqat 3 tasida ishtirok etib, 1 ta gol urg‘an. 1000 lik dovon sari odimlayotgan portugaliyalik 41 yoshli forvard finalda ham gol urish va jamoa bilan uzoq kutilgan sovringa bo‘lishi mumkin.

ARSENAL – BYORNLI (17 may, 23:59)

Deklan Rays

Londonliklarga chempionlikni qo‘lga kiritish uchun qolgan ikki o‘yinda g‘alaba qozonsa kifoya. Bunday holatda ular hatto «Manchester Siti «natijalariga ham bog‘liq emas. Hozirda barchasi «to‘pchilar»ning qo‘lida. O‘z o‘yinlarini muvaffaqiyatli tugata olsa, Gvardiola jamoasining har qanday natijasi ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Bir qarashda hammasi osongina tuyuladi. Ammo APLda odatda mavsumning so‘nggi bellashuvlariga kelib, top jamoalar ancha qiyinchilikka duch kelishadi.

Mikel Arteta shogirdlari uchun oldinda qulay imkoniyat paydo bo‘lmoqda: 37-turda «Arsenal» o‘z maydonida «Byornli»ni qabul qiladi. Raqib esa allaqachon Premer-ligadan tushib ketishni rasmiylashtirgan va mavsumni deyarli «avtomat» tarzda yakunlamoqda.

So‘nggi 10 turda «Byornli» atigi 3 ochko jamg‘ardi (3 durang, 7 mag‘lubiyat). Shu bois, dushanba oqshomida «Arsenal» o‘z maydonida ochko yo‘qotishi uchun juda katta sensatsiya yuz berishi kerak bo‘ladi.

ROMA – LATSIO (17 may, 15:30)

«Roma» — «Latsio»

«Latsio»da azaliy raqibi — «Roma»ga jiddiy zarba berish imkoniyati bor. Buning uchun Mauritsio Sarri jamoasi Rim derbisida g‘alaba qozonishi kerak. Bunday natija «bo‘rilar»ning top-4da mavsumni yakunlash va Chempionlar ligasiga chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytiradi.

Qolaversa, «Latsio» hafta o‘rtasida Italiya Kubogi finalida «Inter»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Endi esa muxlislarni quvontirish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘lmoqda.

Biroq «Roma» ham oson taslim bo‘ladigan jamoa emas. Jamoa so‘nggi to‘rtta derbida mag‘lubiyatga uchramagan. Gasperini boshchiligidagi jamoa ham g‘alaba uchun kamida shuncha motivatsiyaga ega. Barchasi ushbu to‘qnashuvda keskin va murosasiz kurash bo‘lishini anglatadi. Aslida bu jamoalar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ortiqcha gap-so‘zlarsiz qiziqarli va murosasiz kechgan.

LION – LANS (17 may, 23:59)

FK «Lion»

«Lion» so‘nggi marta 2020 yilda Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etgan edi. Shu vaqt ichida klub og‘ir davrlarni boshdan kechirgan.

Jumladan, o‘tgan yili moliyaviy muammolar sabab hatto Liga 2ga tushib ketish xavfi ham yuzaga kelgan edi. Biroq rahbariyat Liga tashkilotchilariga kerakli kafolatlarni taqdim etdi. Natijada «sherlar» ligada qolish huquqini o‘zlarida saqlab qolgan edi.

Hozir esa Paulu Fonseka boshchiligidagi jamoa hal qiluvchi tur oldidan 4-o‘rinni egallab turibdi. Oldinda — o‘z maydonida «Lans»ga qarshi o‘yin. Raqib esa ligada allaqachon ikkinchi o‘rinni kafolatlab bo‘lgan. Ortiqcha bosimlarsiz mehmonlarga boradi.

«Lion» g‘alaba qozonsa, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini 100 foiz ta'minlaydi. Hatto ayrim stsenariylarda mag‘lubiyat ham ularni bosh yevrokubokka olib chiqishi mumkin. Ammo tavakkal qilish xavfli.

Chunki ayrim yirik nashrlar «Lion» haqida turli gap-so‘zlarni yozmoqda. Emishki, klub moliyaviy feyr-pley talablarini to‘liq bajarmagan. Bu esa yevrokuboklarsiz qolishini anglatadi. Shunga qaramay, jamoa oxirigacha kurashishi va yo‘llanma olish muhim.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya kubogi Angliya kubogi
  • Osiyo Chempionlar Ligasi 2 Osiyo Chempionlar Ligasi 2
  • Shotlandiya Premer-ligasi Shotlandiya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar