Bugun
25
O'zbek

Hikaru Nakamura: «Sindorovga qarshi bahsda jamoam pand berdi»

Boshqa sportlar
23 avgust, 12:40
Amerikalik grossmeyster Da'vogarlar turnirida ozbekistonlik grossmeysterdan oson yutqazib qoʻygani borasida gapirdi.
Hikaru Nakamura: «Sindorovga qarshi bahsda jamoam pand berdi»
Foto: UzChess

Amerikalik shaxmatchi Hikaru Nakamura Da'vogarlar turnirida Javohir Sindarovga qarshi partiyadagi tayyorgarlikda nima yuz berganini ochiqladi.

«Kontentdagi muvaffaqiyatimning asosiy sabablaridan biri — atrofimdagi kuchli jamoam. Men jarayonlarga koʻp aralashmayman, odamlarga toʻliq ishonaman.

Da'vogarlar turnirida ham tayyorgarlikning katta qismi ustidan nazoratim kam edi. Barchasini tahlilchilarga topshirdim. Ehtimol, buni oʻzim qayta tekshirishim kerak edi... Ammo bu vaziyatda koʻproq jamoamdan ranjidim.

Partiya paytida xato kimdan oʻtganiga 100 foiz amin emasdim. Lekin xolisona aytganda, jamoa meni uyaltirib qoʻydi. Bahs tugashi bilanoq yordamchim Kris Littljondan: «Faylda rokirovka bormidi?» deb soʻradim. U esa: «Yoʻq, faylda yoʻq edi, bu — bizning xatomiz», deb javob berdi».

Bugungi yangiliklar