Turinning «Yuventus» klubi argentinalik yarimhimoyachi Nikolas Gonsales bilan shartnoma muddatini uzaytirdi. Tomonlar imzolagan yangi bitim 2030-yilgacha mo‘ljallangan.
La Gazzetta dello Sport nashri jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli vingerning maoshi endilikda 3,7 million yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, shartnomada bonus to‘lovlari ham ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Gonsales «keksa siniora» safiga 2024-yil yozida «Fiorentina»dan ko‘chib o‘tgan edi. Turinliklar safida argentinalik futbolchi 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum argentinalik ijara huquqi asosida Madridning «Atletiko» klubi safida to‘p tepdi.