ESPN nashri ayni paytda dunyoning eng yaxshi 10 nafar futbolchisi reytingini tuzdi. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan «Barselona» vingeri Lamin Yamal joy oldi.
Reyting muallifi Rayan O’Xenlon futbolchilarning Chempionlar ligasi nimchorakfinali darajasidagi o‘rtacha jamoa tarkibiga qo‘shilgan taqdirda, ushbu jamoaning turnirda g‘alaba qozonish imkoniyatini qanchalik oshirishini baholagan. Jarohat olgan futbolchilar reytingga kiritilmagan.
Ikkinchi o‘rinni «Real» yarimhimoyachisi Jud Bellinghem egalladi. Kuchli uchlikni «Bavariya» vakili Maykl Olise yakunladi. Shuningdek, kuchli beshlikdan «Barselona» hujumchisi Rafinya va «Bavariya» forvardi Harri Keyn joy oldi.
«Real» hujumchisi Kilian Mbappe oltinchi, «Manchester Siti» vakili Erling Holand sakkizinchi pog‘onadan o‘rin oldi.
ESPN talqiniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi 10 futbolchisi:
- Lamin Yamal («Barselona»)
- Jud Bellinghem («Real»)
- Maykl Olise («Bavariya»)
- Rafinya («Barselona»)
- Harri Keyn («Bavariya»)
- Kilian Mbappe («Real»)
- Deklan Rays («Arsenal»)
- Erling Holand («Manchester Siti»)
- Pedri («Barselona»)
- Vitinya («PSJ»).
Ma’lumot uchun, reytingda «Barselona»ning uch nafar futbolchisi, «Real» va «Bavariya»ning esa ikki nafardan vakili qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Yamal 2025-yilda «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egallagan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi