Osiyoning nufuzli uchta turniri finaliga yo'llanma olgan jamoalar ma'lum bo'ldi.
Unga ko'ra, Elit Osiyo Chempionlar ligasi finali 25 aprel sanasiga belgilangan. Unda turnirning amaldagi chempioni «Al Ahli» va Yaponiyaning «Machida» jamoalari to'qnash keladi. Bellashuvga Jidda shahri mezbonlik qiladi. Bu o'yinni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqaradi.
Osiyo Chempionlar ligasi-2 turnirining finalchilari aniqlandi. Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi Yaponiyaning «Gamba Osaka»ga qarshi o'ynaydi. O'yin 16 may kuni Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi. Ko'rinib turibdiki, ikki yirik turnirning finalida Saudiya Arabistoni va Yaponiya jamoalari g'oliblik sari kurashadi.
Nufuzi jihatidan uchinchi o'rinda turadigan OFK Chaqaruv kubogi finali esa 13 may kuniga belgilangan. Unda «Kuvayt SK» va Kambodjaning «Svey Rieng» o'zaro to'qnash keladi. Finalga Kuvayt mamlakati mezbonlik qiladi.