Bugun
15
O'zbek

Dembele, Yamal yoki Hakimi? Mbappe "Oltin to'p"ni kim olishi kerakligi borasida fikr bildirdi

Futbol
8 sentabr, 00:20
Sovrinni topshirish marosimi 22 sentyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Dembele, Yamal yoki Hakimi? Mbappe "Oltin to'p"ni kim olishi kerakligi borasida fikr bildirdi
Foto: Getty Images

Kilian Mbappe "Oltin to'p"ni hamyurti Usmon Dembele olishini umid qilmoqda.

Mukofotni topshirish marosimi 22 sentyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.

– Usmon Dembele "Oltin to'p"ga munosibmi?

– Albatta! Agar bu menga bog'liq bo'lsa, sovrinni o'zim uning uyiga olib borib bergan bo'lardim. Shuningdek, Ashraf Hakimi ham yuqori o'rinlarda bo'lishini xohlayman, chunki himoyachilar qadrlanishi kerak.

– Lamin Yamal-chi?

– Yo'q, u "Barselona"dan. Ammo u ham juda yaxshi! – kulib javob berdi "Real" klubi va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi TF1 efirida.

Avvalroq 26 yoshli futbolchi Madrid klubidagi didjeylar haqida gapirgandi.

Bugungi yangiliklar