Live
1
O'zbek

«Buxoro» — Oʻzbekiston kubogi finalida oʻynaydigan 17-jamoa

Futbol
20 oktabr, 15:45
29 oktyabr kuni mamlakat kubogi finali boʻlib oʻtadi.
«Buxoro» — Oʻzbekiston kubogi finalida oʻynaydigan 17-jamoa
Foto: PFC Bukhara

29 oktyabr kuni Andijondagi «Bobur Arena»da 2025 yilgi Oʻzbekiston kubogining final bahsi boʻlib oʻtadi.

Hal qiluvchi bellashuvda turnirning 13 karra chempioni «Paxtakor» va ilk bor finalga yoʻllanma olgan «Buxoro» oʻzaro toʻqnash keladi.

Eʼtiborlisi, Voha klubi 1992 yildan beri oʻtkaziladigan mamlakat kubogida finalga chiqqan 17-jamoaga aylandi:

1. «Navbahor»
2. «Temiryoʻlchi» («Qoʻqon-1912»)
3. «Paxtakor»
4. «Neftchi»
5. «Yangiyer»
6. MHSK
7. «Doʻstlik»
8. «Dinamo»
9. «Nasaf»
10. «Traktor»
11. «Mash'al»
12. «Bunyodkor»
13. «Shoʻrtan»
14. «Lokomotiv»
15. OKMK
16. «Andijon»
17. «Buxoro»

Bugungi yangiliklar