Live
5
O'zbek

Barkolya APL va Liga 1ni solishtirdi

Futbol
12 oktabr, 04:36
    7
«Qizillar» yozgi transferlar oynasida Barcolani «PSJ»dan 125 million yevroga sotib olgan edi.
Barkolya APL va Liga 1ni solishtirdi
Фото: Getty Images

«Liverpul» ving eri Bredli Barkolya Angliya Premyer-ligasi va Fransiya chempionati o‘rtasidagi farqlar haqida fikr bildirdi.

«Fransiya chempionati jismoniy jihatdan juda og‘ir. Ammo Angliyada bu boradagi yuklama yanada yuqori, deb aytgan bo‘lardim. Intensivlik juda baland. Lekin men aynan shuning uchun bu yerga keldim. Aytishim mumkinki, bu men uchun yangi chaqiriq», — dedi futbolchi Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «qizillar» yozgi transferlar oynasida Barkolyani «PSJ»dan 125 million yevroga sotib olgan edi.

Biroq u mersisaydliklar safida barcha turnirlarda oltita uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa-da, hozircha birorta gol yoki golli uzatmani o‘z hisobida qayd etmadi.

Ma’lumot uchun, «Liverpul» APLning olti turidan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining to‘qqizinchi pog‘onasini egallab turibdi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar