Live
2
O'zbek

Vieyra: "Menimcha, "Siti" APLni yutadi. "Arsenal"ning psixologik kuchiga shubham bor"

Futbol
20 aprel, 09:50
Har ikki klubda o'ynagan sobiq yarimhimoyachi Premer-ligadagi chempionlik poygasi haqida gapirdi.
Vieyra: "Menimcha, "Siti" APLni yutadi. "Arsenal"ning psixologik kuchiga shubham bor"
Foto: Getty Images
19.04.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 2 : 1 Arsenal Arsenal

“Arsenal” va “Manchester Siti” klublari sobiq yarimhimoyachisi Patrik Vieyra APL 33-turidan oʻrin olgan markaziy bahsdan soʻng London klubining chempion boʻlishiga ishonmayapti.

O'zaro to'qnashuvdagi g'alabadan so'ng Manchester klubi turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi va bir o'yini kam bo'lgan holda peshqadam "to'pchilar"dan 3 ochkoga ortda.

"Arsenal" yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ammo oddiy yaxshi jamoalar bilan buyuk jamoalar o'rtasidagi farq shundaki, ba'zilari g'alaba qozonishga o'rganmagan, boshqalari esa doim shu darajada raqobat qiladi. Bu farqni maydonda ham sezish mumkin edi va bugun top-o'yinchilar hal qiluvchi ta'sir ko'rsatdi.

"Man Siti" formaga kiryapti. "Arsenal" bu holatdan qanday chiqib ketishini ko'rish qiziq bo'ladi, chunki bu — ular uchun juda katta tushkunlik. Endi ular yanada kattaroq bosimni his qiladi. Men doim jamoaning psixologik kuchini savol ostiga qo'yganman va bugungi natijadan keyin shubham yanada ortdi. Menimcha, "Man Siti" o'z maqsadiga erishadi", – dedi Vieyra Sky Sports efirida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar