Bugun
7
O'zbek

Holand Bernarduga: «Bugun sen Kannavaroga oʻxshading»

Futbol
20 aprel, 02:50
«Man Siti» hujumchisi «Arsenal»ga qarshi oʻyindan soʻng oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Holand Bernarduga: «Bugun sen Kannavaroga oʻxshading»
Foto: Getty Images
19.04.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 2 : 1 Arsenal Arsenal

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand APL 33-tur doirasidagi «Arsenal»ga qarshi oʻyin (2:1)dan soʻng oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

«Juda xursandman, bu ajoyib gʻalaba. Gabriel bilan toʻqnashuvim? Bunday holatlar doim boʻlib turadi deb oʻylayman. Qaysi birimiz gʻolib boʻlganini boshqalar hal qilaqversin.

Yana Bernardu Silvaning toʻpni qaytargan epizodi yodimda qoldi. Men unga aytdim: «Bugun sen Kannavaroga oʻxshading. Hissiyotlarga berilgim kelmaydi, ammo Berni, sen har doimgidek ajoyibsan».

Chempionlik kurashi? Biz uchun har bir oʻyin finalga teng. Intervyu tugashi bilan tiklanish va «Byornli»ga qarshi oʻyinga tayyorgarlikka kirishaman. Bu oʻyin ham xuddi oʻtgan bahs yoki «Chelsi»ga qarshi bellashuv kabi muhim boʻladi», — deya Holandning soʻzlarini keltiradi Sky Sports.

Ushbu oʻyindan soʻng «Manchester Siti» 67 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 2-oʻrinda bormoqda, «Arsenal» esa 70 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Taʼkidlash kerak, «shaharliklar»ning zaxirasida yana bir oʻyin mavjud.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar