Angliya chempionatining 33-turidan oʻrin olgan markaziy bahsda "Manchester Siti" oʻz uyida peshqadam "Arsenal" ustidan gʻalaba qozondi. Sherki va Holandning gollariga Havertz bir bor javob berdi.
Manchesterliklar safida Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov toʻliq harakat qildi.
London klubi 70 ochko bilan 1-oʻrinda qolmoqda. Gvardiolaning "Siti"si esa ochkolarini 67 taga yetkazdi va endi zaxiradagi oʻyinini ham yutsa, peshqadamga tenglashadi.
APL. 33-tur
Manchester Siti — Arsenal 2:1
19 aprel, "Etihad"
Gollar: Sherki (16), Holand (65) — Havertz (18).
Manchester Siti — Donnarumma, Nunesh, Husanov, Gehi, O'Raily, Rodri (Niko, 88), Silva, Semenyo (Ake, 90+6), Sherki (Foden, 84), Doku (Savino, 88), Holand.
Arsenal — Rayya, Moskera (Uayt, 74), Saliba, Gabriel, Hinkapi, Edegor, Subimendi (Gokeresh, 84), Rays, Madueke (Martinelli, 46), Eze (Trossar, 74), Havertz.
Ogohlantirishlar: Moskera (36), Gehi (60), Gabriel (83), Holand (83).