"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APL 33-tur doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yin (1:2)dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Mag'lubiyatga bir nechta omillarni sabab sifatida aytishim mumkin. Omad ham katta ahamiyatga ega.
Ikkinchi epizodda "rikoshet" bo'ldi va to'p Holandga kelib tushdi. Shuningdek, individual mahorat ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bunday vaziyatlarda sovuqqon bo'lish, aniq va qat'iy harakat qilish kerak.
O'yin boshida ham, oxirida ham jamoaning xarakterini ko'rish mumkin edi. Ayrim vaziyatlarda konsentratsiya yetishmadi, ammo umuman olganda biz o'yinni rejalashtirganimizdek nazorat qildik va g'alaba uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik.
Shunga qaramay, oldinda yana beshta o'yin bor. Biz o'zimizni tiklab, oldinga harakat qilishimiz kerak, chunki bu o'yinda ijobiy jihatlar ham ko'p bo'ldi.
Biz juda ko'p o'yin o'tkazmoqdamiz, bu ham ta'sir qilmoqda. Biroq ijobiy tomoni shundaki, bugun o'z darajamizni ko'rib oldik.
Oldinda yana 5 ta o'yin bor va biz oxirigacha kurashamiz. Bunga qodir ekanimizga to'liq ishonamiz. Jamoamizning qanday ekanini yana bir bor namoyish etdik. Hammasi o'z qo'limizda, imkoniyat hali ham bor", — dedi Arteta o'yindan keyingi matbuot anjumanida.