«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Pep Gvardiola va «Manchester Siti»ga qarshi 17 ta o'yinning faqat 4 tasida g'alaba qozongan.
19 aprel kuni “shaharliklar” oʻz maydonida londonliklarni 2:1 hisobida magʻlub etdi. Manchester klubi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va bir o'yini kam bo'lgan holda «Arsenal»dan 3 ochkoga orqada.
O'zaro 17 ta o'yinda Gvardiola Artetadan 10 bor ustun kelgan, 4 marta mag'lub bo'lgan va yana 3 ta bahs durang bilan yakunlangan.
Ta'kidlash kerakki, Arteta murabbiylik faoliyatida eng ko'p Gvardiolaga qarshi o'ynagan. Ikkinchi natija esa «Liverpul»ning sobiq murabbiyi Yurgen Klopp bilan bahslarga to'g'ri keladi — 14 o'yin.
Pepdan uchralgan 10 ta mag'lubiyat Arteta uchun eng yomon natijadir, Kloppga esa 6 marta yutqazgan.
Eslatib o'tamiz, Arteta mustaqil murabbiylik faoliyatini «Arsenal»da boshlashdan oldin 2016-2019 yillarda «Manchester Siti»da Gvardiolaning yordamchisi bo'lgan.