Marokash milliy jamoasi bosh murabbiyi Muhammad Uabi JCH-2026 1/8 finalida Kanadaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz raqibimizni hurmat qilamiz. Bu juda sifatli jamoa. Avvalgi o‘yinlarda ko‘rsatgan saviyamiz bu safar yetarli bo‘lmaydi. G‘alaba qozonish uchun maydonda bor kuchimizni berishimiz kerak.
Bu biz uchun eng qiyin o‘yin, chunki navbatdagi bahs doim eng murakkabi bo‘ladi. Niderlandiyaga qarshi o‘yin ortda qoldi, endi butun e'tiborimiz Kanadaga qaratilgan.
Menga Kanada milliy jamoasining energiyasi, maqsad sari intilishi va tartibli o‘yini yoqadi. Ularning o‘ziga xos uslubi bor. Hatto aut tashlashlarda ham vaziyatni nazorat qilishga harakat qilishadi va kuchli tomonlaridan juda yaxshi foydalanishadi», — dedi Uabi.
Eslatib o‘tamiz, Kanada va Marokash milliy jamoalari JCH-2026 1/8 finalida o‘zaro bahs olib boradi.
Ma'lumot uchun, ushbu uchrashuv 4 iyul kuni AQSHning Xyuston shahridagi NRG Stadiumda bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoa mundial chorakfinaliga yo‘l oladi.