Live
3
O'zbek

Topuriya oilaviy muammolari sabab faoliyatida tanaffus qilishini xabar berdi

MMA
28 noyabr, 21:35
Yengil vazn toifasi chempioni bahorgacha jang qilmaydi.
Topuriya oilaviy muammolari sabab faoliyatida tanaffus qilishini xabar berdi
Foto: Getty Images

UFC yengil vazn toifasi chempioni Iliya Topuriya tanaffus olishini tasdiqladi.

Avvalroq jurnalist Alvaro Kolmenero gruziyalik sportchining 2026 yil bahorigacha jang qilmasligi haqida xabar bergandi.

«Men kelasi yilning birinchi choragida jang qilmayman. Hozirda shaxsiy hayotimda qiyin davrni boshdan kechiryapman. Farzandlarimga e'tibor qaratishni va bu vaziyatni iloji boricha tezroq hal qilishni istayman.

Men divizionning rivojlanishini kechiktirishni istamayman. UFC zarur janglarni tashkil qiladi — barcha muammolar hal bo'lishi bilan qaytish jarayonini boshlashga tayyorligimni e'lon qilaman», — deb yozgan 28 yoshli chempion ijtimoiy tarmoqlarda.

Kuzda Topuriya rafiqasi bilan ajrashgani haqida internetda xabarlar paydo bo'lgan. Er-xotin ijtimoiy tarmoqlardan birga tushgan suratlarini o'chirib tashlashgan. Ularning ikki farzandi bor — o‘g‘li Hugo va qizi Jorjina.

Bugungi yangiliklar