Superliga 20-turida «Nasaf» o‘z maydonida «Neftchi»ni qabul qilib, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bobur Abduxoliqov o‘yinda dublga erishdi. Shuningdek, Umarbek Eshmurodov, Sharof Muhitdinov, Adenis Shala va Alibek Davronov o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘ydi. Mehmonlar safida Alisher Odilov va Stipe Perisa gol urdi.
Bu natijadan so‘ng «Nasaf» 28 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Neftchi» esa 45 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Superliga. 20-tur
Nasaf – Neftchi 6:2
Gollar: Umarbek Eshmurodov, 7 (1:0), Bobur Abduxoliqov, 8 (2:0), Sharof Muxitdinov, 22 (3:0), Adenis Shala, 40 (4:0), Bobur Abduxoliqov, 53 (5:0), Alisher Odilov, 59 (5:1), Alibek Davronov, 80 (6:1), Stipe Perisa, 89 (6:2)
Nasaf: 1.Abduvohid Ne’matov, 2.Alibek Davronov, 5.Gʻolib Gʻaybullayev, 7.Adenis Shala (27.Yashnarbek Berdirahmonov, 69), 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 17.Murodbek Rahmatov (18.Bekjon Rahmatov, 20), 70.Abbosjon Gʻulomov, 92.Umarbek Eshmurodov.
Neftchi: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 5.Ikromjon Aliboyev (21.Muhsinjon Ubaydullayev, 78), 8.Vladimir Yovovich, 9.Xurshid Gʻiyosov (7.Abrorbek Ismoilov, 59), 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev (22.Alisher Odilov, 46), 20.Anvarjon Gʻofurov, 32.Zoran Marushich (18.Stipe Perisa, 59), 34.Farruh Sayfiyev, 52.Koffi Kouao, 77.Ratino (71.Bilolxon Toshmirzayev, 78).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi