"Arsenal" va "Barselona" sobiq hujumchisi Tyerii Anri Sky Sports telekanalidagi APL tur yakunlariga bag'ishlangan ko'rsatuvda Abduqodir Husanovning "Manchester Siti" - "Arsenal" (2:1) o'yinidagi harakatiga e'tibor qaratib, "Atletiko" - "Barselona" bahsidagi Erik Garsiyaning chetlatilishi bilan taqqosladi.
"Kuni kecha Madridda o'tgan "Barselona va "Atletiko" o'rtasidagi o'yindagi vaziyatni ko'rdim va minimal kontakt uchun "Barsa" himoyachisi Erik Garsiyaga qizil kartochka berish qaroridan hayron qoldim. Bu o'sha vaziyat uchun juda qattiq jazo edi. Bunday holatlar o'yinni butunlay o'zgartirib yuboradi.
Keyin esa "Man Siti" - "Arsenal" uchrashuvidagi Abduqodir Husanov bilan vaziyatni ko'rdim va hakamning qarori... Ya'ni, juda o'xshash vaziyat va bu yerda o'yinchiga hech narsa ko'rsatilmagan, jarima zarbasi ham belgilanmadi. Na qizil kartochka, na jiddiy qaror – o'yin davom etaveradi.
Shunday paytda men endi o'zimga va sizlarga savol berishga majburman: o'zi bu yerda nima qilyapmiz? Futbolni tushunsak nimani muhokama qilyapmiz?
Agar Garsiyaga qarshi Madriddagi o'yindagi vaziyat o'yin qoidasi buzilishi va chetlatish bo'lsa, unda bu Angliyada ham, hamma joyda shunaqa bo'lishi kerak. Agar Husanovning Havertsga nisbatan vaziyatida hech narsa bo'lmasa, u holda Ispaniyadagi o'sha vaziyat ham fol sifatida baholanmasligi shart.
Ya'ni, hammasi juda oddiy – bir xil qoidani turli holatlarda, jamoa ramzi yoki vaziyatga qarab turlicha talqin qilish mumkin emas!
Husanovning vaziyati men uchun o'yin qoidasi buzilishimi? Yo'q, albatta! Aslo yo'q. Futbol – kontaktli sport turi, kurashga qo'yib berish kerak. Bunday holatlar bo'lib turadi. Ammo shunday vaziyatda "Barselona" nohaq jabr ko'rganini aytmoqchiman. Agar bu yerda qizil kartochka bermayotgan bo'lsangiz, u yerda ham bermasligi kerak. Yoki qoidalar bir kechada o'zgirib qoldimi? Menimcha, bunday bo'lmagan.
"Barselona" Chempionlar ligasidagi "Atletiko"ga qarshi bahsda (2:1) bunday qarorga loyiq emas edi va afsuski, ayniqsa bu darajadagi xatolar odamlar o'ylagandan ancha katta ahamiyatga ega", - dedi fransiyalik sobiq futbolchi va hozirda ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Tyerii Anri.
KAI HAVERTZ WENT DOWN AND ARSENAL FANS WANT A RED CARD FOR KHUSANOV!
NOT GIVEN! pic.twitter.com/XPiBnEzufd— LIVE GOALS (@FTLiveGoals) April 19, 2026
Ma'lumot uchun, "Siti" "Arsenal"ni mag'lub etib, APL turnir jadvalida oradagi farqni 3 ochkoga yetkazdi. Gvardiola shogirdlari zaxira o'yinida g'alabaga erishsa, ochkolar bo'yicha peshqadamga yetib olishadi.