«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand mavsum oxiridagi ochko yo‘qotishlardan keyin hissiyotlarini yashirmadi.
Norvegiyalik futbolchi jamoa keyingi mavsumda Angliya Premyer-ligasini yutish uchun bor kuchini ishga solishini ta’kidladi.
«Oxir-oqibat Premyer-ligadagi har bir o‘yin qiyin ekanligini bildik. Biz harakat qildik, ammo bu yetarli bo‘lmadi. Endi butun klub bundan motivatsiya sifatida foydalanishi kerak. Biz jahlimiz chiqishi, ichimizda olov yonishi kerak, chunki bu yetarli emas.
Ikki yil o‘tdi, ammo bu go‘yoki abadiydek tuyulmoqda. Keyingi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz», — dedi Holand klub matbuot xizmatiga.
37-turda «Manchester Siti» safarda «Bornmut» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Holand uchrashuvning 90+5-daqiqasida gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Mavsum yakuniga bir tur qolganida «shaharliklar» 78 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
82 ochkoga ega «Arsenal» esa muddatidan oldin Angliya chempionligini rasmiylashtirdi.