«Arsenal» futbolchisi Deklan Rays jamoaning muddatidan oldin Angliya chempioniga aylanganiga munosabat bildirdi.
«To’pchilar» APLning 37-turida «Manchester Siti»ning «Bornmut» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynaganidan keyin chempionlikni rasman qo‘lga kiritdi.
«Biz ishonardik va chempion bo‘la olishimizni bilardik. Ammo klub so‘nggi o‘n yil ichida boshdan kechirgan voqealarni hisobga olsak, bu juda hissiyotli lahza.
Ko‘plab ko‘tarilishlar va pasayishlar bo‘ldi. Men bu yerda uzoq vaqtdan beri emasman, ammo bular haqida ko‘p eshitganman. Hozir ushbu bayramning bir qismi bo‘lish — o‘zgacha hissiyot», — dedi angliyalik yarim himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» oxirgi marta 2004 yilda Angliya chempioniga aylangandi.
Deklan Rays esa londonliklar safiga 2023 yil yozida «Vest Hem»dan kelib qo‘shilgandi.