Live
2
O'zbek

Gvardiola: «Arsenal»ni tabriklayman»

Futbol
19 may, 23:25
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL chempionligi boy berilganidan keyin mavsum haqida fikr bildirdi.
Gvardiola: «Arsenal»ni tabriklayman»
Foto: Getty Images
19.05.2026 FT Angliya Premer-ligasi Bornmut Bornmut 1 : 1 Manchester Siti Manchester Siti

APL 37-turi doirasidagi bahs «Byornli» - «Manchester Siti» bahsi 1:1 hisobida yakunlandi va aynan shu natija «Arsenal»ga muddatidan avval Angliya chempionligini olib keldi.

«Shaharliklar» ustozi Pep Gvardiola jamoa mavsum davomida ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelganini, biroq futbolchilar oxirigacha kurashganini ta’kidladi.

«Yanvardan beri biz chindan ham juda yaxshi o‘ynadik. Ko‘plab jarohatlar va nazoratimizdan tashqaridagi holatlar bo‘ldi. Ushbu mavsumda ko‘p narsani o‘rgandik. G‘alaba qozonish uchun juda ko‘p ochko jamg‘arish va ustunlik yaratish kerakligini tushundik.

Biz ko‘plab og‘ir damlarni boshdan kechirdik va biror marta ham taslim bo‘lmadik. Shu sabab hozir shu yerdamiz», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Shuningdek, mutaxassis «Arsenal»ni chempionlik bilan tabrikladi.

«Arsenal»ni tabriklayman. Ular chinakamiga chempionlikka mos o’yinlar namoyish etdi. Arteta bunga haqli», — dedi ispaniyalik mutaxassis.

Mavsum yakuniga bir tur qolganida «Manchester Siti» 78 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

82 ochko jamg‘argan «Arsenal» esa Angliya chempionligini muddatidan oldin rasmiylashtirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bornmut Bornmut
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar