Nufuzli Goal portali sahifalarida 2026 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun favoritlarning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Ma’lumot uchun, mukofotni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Goal reytingining so‘nggi versiyasida Harri Keyn peshqadamlik qilmoqda. Aynan «Bavariya»ning angliyalik futbolchisi nufuzli mukofotni qo‘lga kiritish uchun asosiy favorit sifatida ko‘rilmoqda.
Ikkinchi o‘rinni Lamin Yamal, uchinchi o‘rinni esa sakkiz marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan Lionel Messi egalladi.
Keyingi o‘rinlarni Maykl Olise, Kilian Mbappe, Rodri, Xvicha Kvaratsxeliya, Usmon Dembele, Erling Holand va Pau Kubarsi egallagan.
Eslatib o‘tamiz, «Real Mdarid» va Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellinghem bor-yo‘g‘i 16-o‘rinda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi