Osiyo Chempionlar Ligasi-2 musobaqasida G'arb mintaqasidagi ikkinchi yarimfinalchi aniqlandi.
BAAda markazlashtirilgan tarzda o'tayotgan bahslarning so'nggi chorakfinalida Qatarning "Al Ahli"si Iordaniyaning "Al Husayn" klubidan ustun kelib, yarimfinalga yo'llanma oldi.
"Al Ahli" finalga chiqish uchun 22 aprel kuni Ronaldu o'ynaydigan "An Nasr"ga qarshi to'qnash keladi va ushbu juftlikda g'alaba qozongan jamoa finalda Sharq mintaqasi vakili — Yaponiyaning "Gamba Osaka" jamoasi bilan turnir g'olibligi uchun maydonga tushadi.
OChL-2. Chorakfinal
Al Ahli Doha (Qatar) — Al Husayn (Iordaniya) 3:1
19 aprel, Dubay.
Gollar: Eksposito (2), Draksler (65), Vlap (90+7, penalti) — Qashi (21).
