Bugun
16
O'zbek

Marokash asosiy hujumchisidan ayrildi

Futbol
4 iyul, 13:50
Ismoil Saybari Kanada bilan bahsning birinchi bo‘limidayoq jarohat sabab maydonni tark etdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Marokash asosiy hujumchisidan ayrildi
Foto: Getty Images
04.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Kanada Kanada 0 : 3 Marokash Marokash

Marokash milliy jamoasi hujumchisi Ismoil Saybari JCH-2026 1/8 finalida Kanadaga qarshi bahsni oxiriga yetkaza olmadi.

«Bavariya» futbolchisi uchrashuvning 20-daqiqasida ehtimoliy mushak jarohatini oldi. Saybari maydonga o‘tirib qoldi va tibbiy xodimlar kuzatuvida maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Sufyon Rahim maydonga tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, Ismoil Saybari Marokash milliy jamoasining asosiy hujumchisi va JCH-2026dagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. U ushbu mundialda Braziliya, Shotlandiya va Haiti darvozalarini ishg‘ol qilib, 4 ta bahsda 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

Ma'lumot uchun, Saybari joriy yozda, JCH-2026 davom etayotgan paytda PSVdan Myunxenning «Bavariya» klubiga rasman ko‘chib o‘tgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kanada Kanada
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar