Angliya Kubogi yarimfinalida «Lids» ustidan g‘alaba golidan so‘ng, «Chelsi» afsonasi Jo Koul jamoa yarihimoyachi Enso Fernandesning harakatlarini yuqori baholab, argentinalikni «jangchi» deb atadi.
Futbolchi «Uembli»da «aristokratlar»ga 1:0 hisobida qiyin g‘alaba olib kelgan gol muallifiga aylandi va klub uchun murakkab davrda tanqidchilarga o‘ziga xos javob berdi.
Enso sobiq murabbiy Mareskaning klubdan ketishi va o‘zi Madridning «Real» jamoasiga o‘tishga qiziqish bildirganiga doir izohlardan so‘ng keskin tanqidlarga sabab bo‘lgan edi.
Maydon tashqarisidagi gap-so‘zlarga qaramay, Fernandes yarimhimoya markazida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.
«Men bu yigitni ta’riflashga so‘z topa olmayman. Uning intervyularidan so‘ng savollar paydo bo‘ldi, lekin u maydonga chiqqan vaqtda jangchi va qahramonga aylanadi», — deya Koul so‘zlaridan iqtibos keltirdi TNT Sportsga.