Live
12
O'zbek

Dzyudo. Fazliddin Rafiqov Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Boshqalar
21 noyabr, 09:45
O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasi musobaqaning yakkalik bahslarini 3 ta medal bilan yakunladi.
Dzyudo. Fazliddin Rafiqov Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Foto: Olypmicuz

Toshkentda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi hisobiga navbatdagi medal qo‘shildi. +100 kg vazn toifasida ishtirok etgan Fazliddin Rafiqov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekistonlik dzyudochi bronza medali uchun kechgan bahsda turkiyalik Mahmutjan Madenni mag‘lub etdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasi jahon chempionatining yakkalik bahslarini 1 tadan oltin, kumush va bronza medallari bilan yakunladi.

Ma’lumot uchun, ertaga musobaqaning so‘nggi kunida aralash jamoaviy bahslar o‘tkaziladi.

Bugungi yangiliklar