Bugun
15
O'zbek

Dana Uayt Maxachev va Makgregor yozda jang qilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

MMA
29 mart, 17:30
UFC rahbarining fikricha, Maxachev avgustda qaytadi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Dana Uayt Maxachev va Makgregor yozda jang qilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
Foto: Getty Images

UFC rahbari Dana Uayt Islom Maxachev va Konor Makgregorning yozda jang qilishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Ali Abdul-Aziz iyul oyi haqida gapirgandi. Menimcha, Islom avgustda qaytadi.

Konor iyulda jang qiladimi? Balki. Bu haqida hali kelishuvga yaqin ham emasmiz. Lekin men bu masalaga optimistik qarayman», – dedi Uayt.

Avvalroq Uayt Maxachev qo'lidan jarohatlanganini va hozircha jang qila olmasligini aytgandi.

Makgregor esa oxirgi marta 2021 yil iyul oyida jang qilgan. Dastin Porie bilan uchinchi to'qnashuvda uning oyog'idan singan va texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgandi.

Bugungi yangiliklar