Bugun
3
O'zbek

Ashortia «Andijon» futbolchisiga aylandi

Futbol
4 dekabr, 06:16
Gruziyalik yarimhimoyachi 2026-yilni «Andijon» safida o‘tkazadigan bo’ldi.
Ashortia «Andijon» futbolchisiga aylandi
Foto: Andijon FC

«Andijon» jamoasi yangi mavsum uchun seleksiya ishlarini boshlab yubordi. Klub o’tgan mavsum «Bunyodkor» safida o‘ynagan gruziyalik yarimhimoyachi Imeda Ashortia bilan kelishuvga erishdi. Futbolchi bilan shartnoma imzolandi va endi u 2026-yilgi mavsumni «Andijon» libosida o’tkazadi.

Ma’lumot uchun, Imeda Ashortia 1996-yil 30-oktyabrda Gruziyaning Martvili shahrida tug‘ilgan. U avval «Martvili», «Dila», «Kolxetti-1913», «Sxinval», «Telavi» (barchasi Gruziya), Ozarbayjonning «Turan Tovuz» va Qozog‘istonning «Shaxtyor» jamoalarida to‘p surgan.

2025-yil «Bunyodkor» safida Ashortia Superliga va Kubok doirasida jami 33 uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Bugungi yangiliklar