Angliya klublari Yevropa ligasidagi ustunlikni davom ettirmoqda — ular ketma-ket ikkinchi mavsumda ham bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
"Aston Villa" Turkiyadagi finalda "Frayburg"ni engib, 2025/2026 yilgi mavsumda turnir g'olibiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda ham bosh sovrin Angliyaga yo'l olgan edi — "Tottenhem" klubi finalda "Manchester Yunayted"ni minimal hisobda engishga muvaffaq bo'lgandi.
Shu tariqa, "Aston Villa" o'z tarixida ilk bor Yevropa ligasi g'olibi bo'ldi. Unai Emeri esa faoliyatida 5-bor turnir g'olibiga aylangandi.