«Fenerbahche»ning hujumkor yarimhimoyachisi Marko Asensio Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, «Milan», «Roma» va «Sevilla» ispaniyalik 29 yoshli futbolchining atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
O'z navbatida Turkiya klubi Asensioni qishki transfer vaqtida sotishni rejalashtirmagan. Ammo takliflarga qarab, vaziyat o'zgarishi mumkin.
Bu mavsumda Marko «kanareykalar» safida barcha turnirlarda 12 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.