Live
2
O'zbek

"Vilyarreal" o'z tarixida ilk bor ketma-ket ikki marta CHL yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Futbol
3 may, 04:37
Jamoa turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.
"Vilyarreal" o'z tarixida ilk bor ketma-ket ikki marta CHL yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Фото: Getty Images

"Vilyarreal" o'z tarixida ilk bor ketma-ket ikki mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etadigan bo'ldi.

Marselino Garsiya Toral boshqaruvidagi "submarina" La Liga 34-turida o'z maydonida "Levante"ni (5:1) yirik hisobida yengdi. Bu natijasi bilan 3-o'rinda bormoqda va 5-pog'onadagi "Betis"dan 18 ochkoga ilgarilab ketgan.

2025/2026 yilgi mavsumda jamoa Chempionlar ligasida umumiy bosqichda qatnashib, 1 ochko to'pladi va 35-o'rinni egalladi.

Bungacha "Vilyarreal" to'rt marta Chempionlar ligasida ishtirok etgan. Jamoa 2005/06 yilgi mavsumda yarimfinalgacha yetib borgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Villarreal Villarreal
Bugungi yangiliklar