Live
3
O'zbek

«Vilyarreal» Marselino yozda jamoani tark etishini e’lon qildi

Futbol
4 may, 08:16
Ispaniyalik murabbiy qo'l ostida klub keyingi mavsum uchun YChL yo'llanmasini qolga kiritdi.
«Vilyarreal» Marselino yozda jamoani tark etishini e’lon qildi
Фото: Getty Images

«Vilyarreal» klubi bu mavsum yakunida bosh murabbiy Marselino Toral jamoani tark etishini rasman ma’lum qildi.

Mutaxassisning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

«Mars, bu klub va uning muxlislari uchun qilgan barcha ishlaring uchun chin yurakdan katta rahmat. Kelgusi sport loyihalaringda senga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz», — deyiladi klubning X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida.

Eslatib o’tamiz, Marselino Toral 2023-yilning noyabr oyida «Vilyarreal»ni qayta boshqaruviga oldi. Bungacha u 2013-yildan 2016-yilgacha «submarina»da ishlagan. Shundan so‘ng «Valensiya», «Atletik» va «Marsel» klublariga murabbiylik qilgan.

Hozirda «Vilyarreal» 68 ochko La Liganing turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Villarreal Villarreal
Bugungi yangiliklar