Bugun
8
O'zbek

«Tottenhem» Igor Tudorni mavsum oxirigacha bosh murabbiy etib tayinladi

Futbol
14 fevral, 08:25
Xorvatiyalik mutaxassis jamoani APL jadvalida yuqoriga olib chiqishi kerak.
«Tottenhem» Igor Tudorni mavsum oxirigacha bosh murabbiy etib tayinladi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» rasmiy saytida Igor Tudor bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi. Qayd etilishicha, 47 yoshli mutaxassis londonliklarni ushbu mavsum yakunigacha boshqaradi.

Klub bayonotida shunday deyiladi: «Igor bizga aniq maqsad bilan qo‘shildi — natijalarni yaxshilash, muvaffaqiyatga erishish va Premer-liga turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarilish. Uning vazifasi oddiy: mavsumning hal qiluvchi bosqichida jamoaga tartib, intensivlik va raqobatbardoshlik olib kirish».

Tayinlovga qadar Tudor «Yuventus», «Latsio», «Marsel» va «Verona»ni boshqargan.

Ma’lumot uchun, 26-turdan so‘ng «Tottenhem» 29 ochko bilan Angliya Premer-ligasi jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq London klubi Tudorni mavsum oxirigacha murabbiy etib tayinlashi kutilayotgani xabar berilgan edi.

Bugungi yangiliklar