Live
3
O'zbek

Pellegrini — La Ligada fevralning eng yaxshi murabbiyi, Mikautadze — eng yaxshi o‘yinchi

Futbol
26 fevral, 14:40
Eng yaxshi yosh o‘yinchi ham aniqlandi.
Pellegrini — La Ligada fevralning eng yaxshi murabbiyi, Mikautadze — eng yaxshi o‘yinchi
Foto: Getty Images

Ispaniya chempionatida fevral oyining eng yaxshilari aniqlandi.

Eng yaxshi murabbiy sifatida «Betis» ustozi Manuel Pellegrini e'tirof etildi. Chililik mutaxassis yakunlanayotgan oyda jamoasi bilan 3 g‘alaba va 1 durang qayd etdi.

Manuel Pellegrini
Foto: Getty Images

Eng yaxshi futbolchiga atalgan sovrin «Vilyarreal» forvardi Jorj Mikautadze ga nasib etdi. Gruziyalik o‘yinchi fevralda 4 ta bahsda 3 ta gol urdi va yana 1 ta golga assistentlik qildi.

«Osasuna» vingeri Viktor Munios esa eng yaxshi yosh o‘yinchi deb topildi. 22 yoshli ispan bu oyda pamplonaliklar bilan 3 o‘yinda 2 g‘alaba va 1 durang qayd etdi.

Victor Munoz
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Betis Betis
  • Villarreal Villarreal
  • Osasuna Osasuna
Bugungi yangiliklar