Bugun
6
O'zbek

"Chelsi" XXI asrda ilk bor ketma-ket to'rtta o'yinda gol ura olmasdan mag'lub bo'ldi

Futbol
20 aprel, 18:06
London klubi turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Chelsi" XXI asrda ilk bor ketma-ket to'rtta o'yinda gol ura olmasdan mag'lub bo'ldi
Фото: Getty Images

"Chelsi" Angliya Premer-ligasining 33-turi doirasida kechgan bahsda "Manchester Yunayted"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, londonliklar so'nggi 28 yildan ortiq vaqt ichida ilk bor chempionatda ketma-ket to'rtta o'yinda gol ura olmasdan mag'lub bo'ldi.

Ma'lumot uchun, Liam Roseniordaning jamoasining ushbu omadsiz seriyasi 30-turda "Nyukasl"ga qarshi o'yinda (0:1) boshlangan edi.

Shuningdek, "ko'klar" "Everton" (0:3), "Manchester Siti" (0:3) va "MYu"ga mag'lub bo'lishdi.

Endilikda "Chelsi" 21 aprel kuni safarda "Brayton"ga qarshi o'ynaydi. Jamoa hozirda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 48 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi.

Bugungi yangiliklar