“Real” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liganing soʻnggi turidagi “Atletik”ka qarshi oʻyin ayrim futbolchilar uchun oxirgi bahs boʻlishini aytdi.
“Biz ushbu haftani, mashgʻulotlarni rejalashtiramiz va qaysi futbolchilar tayyor ekanini aniqlaymiz. Bu ayrim futbolchilar uchun xayrlashuv bahsi boʻladi.
Shuning uchun muxlislarimiz oldida ajoyib oʻyin oʻtkazishga, klub libosida har bir daqiqadan zavq olishga harakat qilamiz. Bu menga ham taalluqli”, — dedi Arbeloa.
Avvalroq “Real”ning 6 futbolchisi Alvaro bilan umuman gaplashmayotgani ma'lum qilingandi.