"Real" Ispaniya chempionatining 37-turida safarda "Sevilya"ni minimal 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Bu bahs Dani Karvaxalning yubiley o'yinini munosib nishonlash uchun ajoyib sabab bo'ldi. U barcha musobaqalarni hisobga olganda "qaymoqranglilar" safidagi 450-o'yinini o'tkazdi. Shulardan 390 tasida Dani asosiy tarkibda maydonga tushgan.
Karvaxal XXI asrda bunday yuqori ko'rsatkichga erishgan uchinchi himoyachiga aylandi. Undan oldingi o'rinlarda ispanlik Serxio Ramos (671 o'yin) va braziliyalik Marselo (546 o'yin) qayd etilgan.