Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionati 37-turida safarda «Sevilya»ga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv oldidan jamoalarning asosiy tarkiblari e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, La Liga chempionligini muddatidan avval «Barselona» qo‘lga kiritgan. Shu sabab «Real» uchun mavsumning qolgan uchrashuvlari turnir jadvali nuqtai nazaridan ahamiyat kasb etmaydi.
La Liga. 37-tur
Sevilya — Real Madrid
Sevilya: Odisseas Vlaxodimos, Xose Anxel Karmona, Andres Lopes, Kike Salas, Gabriel Suaso, Ruben Vargas, Nemanya Gudel, Jibril Sou, Oso, Akor Adams, Nil Mope.
Real: Tibo Kurtua, Dani Karvahal, Antonio Ryudiger, Din Xyoysen, Fransisko Garsiya, Braim Dias, Orelyen Tchuameni, Pitarch, Jud Bellinghem, Kilian Mbappe, Vinisius Junior.