Alvaro Arbeloaning jamoa bilan munosabatlari yaxshi emas, deb xabar bermoqda Marca.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, kamida 6 nafar "Real" futbolchisi bosh murabbiy bilan umuman gaplashmayapti.
Shuningdek, futbolchilar o'rtasida ham kelishmovchiliklar bor. Ayrimlari bir-biri bilan muloqot qilmaydi.
Alvaro Arbeloa yanvar oyida Xabi Alonsoning ketganidan keyin Madrid klubi bosh murabbiyiga aylandi. Uning qo'l ostida jamoa 24 ta o'yin o'tkazib, 15 bor g'alaba qozondi va 7 marta mag'lub bo'ldi.
Avvalroq “Real” yarimhimoyachilari Federiko Valverde va Orelien Chuameni oʻrtasida mushtlashuv boʻlgani, urugvaylik futbolchi yuz qismidan jarohat olgani xabar berilgandi.