Live
1
O'zbek

Valverdening yirtilgan joylari tikib qo‘yildi, Arbeloa uni shifoxonaga olib bordi — AS

Futbol
7 may, 10:39
«Real» futbolchilari o‘rtasidagi mojaro jiddiy jarohat bilan yakunlangani aytilmoqda.
Valverdening yirtilgan joylari tikib qo‘yildi, Arbeloa uni shifoxonaga olib bordi — AS
Foto: Getty Images

«Real» yarimhimoyachisi Federiko Valverde jamoadoshi Orelien Chuameni bilan janjaldan so‘ng shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.

AS nashriga ko‘ra, mojaro kiyinish xonasida boshlangan — Valverde Chuamenining uzatgan qo‘lini siqishdan bosh tortgan. Bu esa mashg‘ulot davomida keskin muhit yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mashg‘ulotning oxirgi qismida futbolchilar o‘rtasida og‘zaki tortishuv jismoniy to‘qnashuvga aylangan. Jamoadoshlar ularni ajratishga uringan, biroq Valverde zarba olib, yuz qismidan jarohat olgan.

Shundan so‘ng urugvaylik futbolchi yaqin shifoxonaga olib borilgan va uning yirtilgan joylari tikib qo‘yilgan. «Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa ham futbolchi bilan birga shifoxonaga borgan.

Shifokorlar ko’rigidan so‘ng Valverde uyiga qaytgan va hozir tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda.

Eslatib o’tamiz, avvalroq «Real» futbolchilari Ryudiger va Karreras o’rtasida ham nizo kelib chiqqan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar