Live
1
O'zbek

APLda chempionlik taqdiri hal etiladimi? Peshqadamlar toʻqnashuvi oldidan

Futbol
19 aprel, 06:52
APLda nafaqat turning, balki mavsumning eng muhim bahslaridan biri oʻtkaziladi.
APLda chempionlik taqdiri hal etiladimi? Peshqadamlar toʻqnashuvi oldidan
Фото - Getty Images
19.04.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 2 : 1 Arsenal Arsenal

Bugun, 19 aprel kuni Angliyada nafaqat turning, balki mavsumning eng muhim toʻqnashuvi kuzatiladi. Chempionlik uchun kurashayotgan «Arsenal» Manchesterda «Siti» mehmoni boʻladi. «6 ochkolik oʻyin»da chempionlik taqdiri hal etilishi mumkin. «Siti» bu oʻyindagi gʻalaba va zaxira oʻyinidagi 3 ochko evaziga «Arsenal»dan peshqadamlikni tortib olish imkoniyatiga ega.

Turnir jadvali

Manchesterdagi markaziy oʻyin oldidan Gvardiola jamoasi soʻnggi uch oʻyinida «Arsenal»ni liga kubogi finalida magʻlub (2:0) etgan boʻlsa, Angliya kubogida «Liverpul»ni ayab oʻtirmadi – 4:0. Soʻnggi turda esa 12 aprel kuni «Chelsi» maydonidan 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan qaytdi.

«Arsenal» esa bahorda yana oʻziga oʻxshamayapti – Angliya kubogida «Sauthempton»ga magʻlub boʻlib, turnirni tark etdi – 1:2. APL doirasidagi soʻnggi oʻyinida 11 aprel kuni Londonda «Bornmut»ga kutilmaganda magʻlub boʻldi – 1:2. Oxirgi bahsni esa YECHL chorakfinal javob uchrashuvi doirasida muxlislari qarshisida «Sporting»ga qarshi oʻtkazib, nursiz durang qayd etdi – 0:0.

Arteta shogirdlari uchun hal qiluvchi palladagi bugungi oʻyin juda muhim ahamiyatga ega. «Toʻpchilar» APL turnir jadvalida 70 ochko bilan peshqadam boʻlsa-da, 64 ochkoga ega «Manchester Siti» bugungi 3 ochko va zaxiradagi oʻyinidagi gʻalaba evaziga peshqadamlikni tortib olish imkoniyatiga ega boʻlib turibdi.

Taxminiy tarkiblar

Goal nashri APLdagi markaziy oʻyin oldidan taxminiy tarkiblarni keltirdi. Unga koʻra, nashr bugun ham Pep Gvardiola himoya chizigʻida oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husonovga ishonch bildirishini kutmoqda. Uchrashuv 19 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.

Goal

E'tiborli faktlar

«Manchester Siti» Premer-ligada «Arsenal»ga qarshi soʻnggi 10 ta uy oʻyinida magʻlub boʻlmagan (7 gʻalaba, 3 durang). Bu seriya 2015 yil yanvaridan beri davom etmoqda, oʻshanda Manuel Pellegrini jamoasi 0:2 hisobida yutqazgan edi.

«Arsenal» esa «Manchester Siti»ga qarshi Premer-ligadagi soʻnggi besh oʻyinda magʻlub boʻlmagan – 2 gʻalaba, 3 durang.

Kamida 10 ta oʻyin oʻtkazilgan oylar orasida aprel «Manchester Siti» uchun Pep Gvardiola boshchiligida eng yaxshisi hisoblanadi — oʻrtacha ochko (2,51) va gʻalaba foizi (79,5%) boʻyicha. «Arsenal» uchun esa Mikel Arteta davrida bu eng yomon oy (bir oʻyinga 1,54 ochko, 42,3% gʻalaba).

«Manchester Siti» Premer-ligadagi soʻnggi 14 ta uy oʻyinida magʻlub boʻlmagan. Bu seriya «Etihad»da birinchi turda «Tottenhem»dan 0:2 hisobidagi magʻlubiyatdan keyin boshlangan. Ushbu 14 oʻyindan 12 tasida ular kamida ikki marta gol urgʻan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar