Bugun
8
O'zbek

Shukurov: «G'alaba unchalik tatimadi. Hakamlar yordam berdi»

Futbol
9 sentabr, 00:35
O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Eronga qarshi CAFA finalidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Shukurov: «G'alaba unchalik tatimadi. Hakamlar yordam berdi»
Foto: UFA
08.09.2025 AET CAFA Nations Cup Eron Eron 1 : 0 O‘zbekiston O‘zbekiston

O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov Eronga (1:0) qarshi CAFA Nations Cup finalidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Kayfiyatimiz a'lo darajada, lekin bundan ham yaxshiroq o‘ynay olamiz. Buni o‘zimiz ham bilib turibmiz. Raqib 10 kishi bo‘lib qoldi, hakamlar ham bizga yordam berdi.

Bu — o‘rtoqlik o‘yini. Asosiy vazifamiz — jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rish. Shuning uchun Erondek jahon darajasidagi jamoalarga qarshi bahslar bizga yordam beradi.

G‘alaba 100 foizlik darajada tatimadi, ammo futbolda har xil vaziyatlar bo‘ladi va tarixda natija qoladi.

Eron 10 kishi bo‘lib qolsa ham yaxshi himoyalanadi. Buni jahon miqyosida ham isbotlagan. Ertaroq gol urishimiz mumkin edi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. Ehtimol, oxirida gol urgani shirintroq bo‘lgandir», — deydi 29 yoshli yarimhimoyachi Sport telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, forslar 5-daqiqadan boshlab kamchilikda o‘ynagan bahsni qirg‘izistonlik Nurzat Abduqodirov boshqardi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Eron Eron
  • CAFA Nations Cup CAFA Nations Cup
Bugungi yangiliklar