Live
4
O'zbek

Oʻzbekiston ikkinchi bor Eronni magʻlub etishga urinib koʻradi — oʻzaro oʻyinlar statistikasi

Futbol
8 sentabr, 07:00
Jamoalar bugun 17-marta toʻqnash kelishadi. Oʻzaro oʻyinlardagi eng yaxshi toʻpurar Torimiy sanaladi.
Oʻzbekiston ikkinchi bor Eronni magʻlub etishga urinib koʻradi — oʻzaro oʻyinlar statistikasi
Foto: UFA
08.09.2025 AET CAFA Nations Cup Eron Eron 1 : 0 O‘zbekiston O‘zbekiston

Bugun, 8 sentabr kuni CAFA Nations Cup finalida Oʻzbekiston milliy jamoasi oʻz maydonida Eronni qabul qiladi.

Bellashuv «Olimpiya» stadionida boʻlib oʻtadi va Toshkent vaqti bilan soat 19:30da start oladi.

Jamoalar shu kungacha 16 bor toʻqnash kelishgan va katta ustunlik forslar tomonida — 1 gʻalaba, 5 durang, 10 magʻlubiyat.

Ammo soʻnggi yillarda jamoalarning oʻzaro bahslarida kuchlar tenglashib qoldi, ya'ni oxirgi 4 ta bellashuvda gʻolib aniqlanmadi.

Oʻzbekiston yagona gʻalabasini 2012 yil Tehronda qoʻlga kiritgan. Oʻshanda JCH-2014 saralashi doirasida Ulugʻbek Bāqoyevning goli Mirjalol Qosimov boshqargan jamoaga 3 ochko keltirgan.

Oʻzaro oʻyinlardagi eng yaxshi toʻpurar Mahdiy Torimiy sanaladi. Hujumchi Oʻzbekiston darvozasini 5 bor ishgʻol qilgan. U bugun ham maydonga tushadi. Ali Dāiy va Sardor Ozmun da 3 tadan gol bor. Oʻzbekistondan esa hech kim bittadan ortiq gol urmagan.

Oʻzaro oʻyinlar:
14.12.1998 Osiyo oʻyinlari, 1/4 final
Oʻzbekiston — Eron 0:4

11.07.2007 Osiyo kubogi
Eron — Oʻzbekiston 2:1

2007 yilgi Osiyo kubogi o'yinidan
Foto: UFA

05.09.2009 Oʻrtoqlik oʻyini
Oʻzbekiston — Eron 0:0

03.06.2012 JCH-2014 saralashi
Oʻzbekiston — Eron 0:1

14.11.2012 JCH-2014 saralashi
Eron — Oʻzbekiston 0:1

2012 yilgi Tehrondagi o'yindan
Foto: UFA

11.06.2015 Oʻrtoqlik oʻyini
Oʻzbekiston — Eron 0:1

06.10.2016 JCH-2018 saralashi
Oʻzbekiston — Eron 0:1

JCH-2018 saralashidagi o'yindan
Foto: UFA

12.06.2017 JCH-2018 saralashi
Eron — Oʻzbekiston 2:0

19.05.2018 Oʻrtoqlik oʻyini
Eron — Oʻzbekiston 1:0

11.09.2018 Oʻrtoqlik oʻyini
Oʻzbekiston — Eron 0:1

O'rtoqlik o'yinidan
Foto: UFA

08.10.2020 Oʻrtoqlik oʻyini
Oʻzbekiston — Eron 1:2

20.06.2023 CAFA Nations Cup, final
Oʻzbekiston — Eron 0:1

21.11.2023 JCH-2026 saralashi
Oʻzbekiston — Eron 2:2

JCH-2026 saralashi doirasidagi o'yinda Sergeyev gol urmoqda
Foto: UFA

11.06.2024 JCH-2026 saralashi
Eron — Oʻzbekiston 0:0

10.10.2024 JCH-2026 saralashi
Oʻzbekiston — Eron 0:0

25.03.2025 JCH-2026 saralashi
Eron — Oʻzbekiston 2:2

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Eron Eron
  • CAFA Nations Cup CAFA Nations Cup
Bugungi yangiliklar